Kompozitor Mutal Burhonov haqida xujjatli film suratga olindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Film
Добавлено: 10.09.2016, 12:23

Respublika Kinochilar uyida O`zbekiston Respublikasi xalq artisti, Vatanimiz madhiyasi muallifi, kompozitor Mutal Burhonov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. 

Mutal Burhonov milliy musiqa san`atimiz rivojiga munosib hissa qo`shgan, turli janrlarda badiiy etuk asarlar yaratgan serqirra ijodkordir. U o`zbek bastakorlik ijodiyotida romans, akapella janrining asoschilaridan biri bo`lib, Sharq xalqlari qo`shiqlarini mahorat bilan milliy musiqamizning nafisligi va jozibasini saqlagan holda qayta ishlashga muvaffaq bo`lgan. 

Buyuk kompozitor xotirasini abadiylashtirish, kelajak avlodlarga undan qolgan boy ma`naviy merosni etkazish, xalqimizga kompozitor hayoti va ijodi haqida kengroq ma`lumot berish maqsadida «O`zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Ohanglarda yashayman hamon» nomli xujjatli film suratga olindi. Ssenariy muallifi Dildora Mardieva, postanovkachi rejissyor Adham Usmonov. 

Tadbirda mazkur kino asarning taqdimoti bo`ldi, O`zbekiston milliy simfonik orkestrining konserti namoyish etildi. Konsertda Jenisbek Piyazov, Ma`suma Boltaboeva, Xadicha Imomnazarova, Rustam Alimardonov kabi san`atkorlar tomonidan ijodkorning xalqimiz qalbidan joy olgan asarlari ijro etildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08