Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Gvardiola Manchester derbisida Mourinodan ustun keldi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Sport
Добавлено: 10.09.2016, 18:27

Angliya chempionati 4-turi markaziy o`yinida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Manchester Siti” futbolchilarini qabul qildi.

Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:2 hisobi qayd etilib, Pep Gvardiola shogirdlari bo`lmish “Siti” foydasiga hal bo`ldi.

O`yinning 15-daqiqasida Kevin De Bryuyne hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada Kelechi Ixeanacho hisobni oshirdi. Birinchi bo`lim yakuniga etay deb qolganida Zlatan Ibragimovich hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi – 1:2.

Ikkinchi bo`limda hisob o`zgarmadi va Joze Mourino jamoasimavsumdagi  ilk mag`lubiyatni qabul qilib oldi. 

"Manchester Yunayted" – "Manchester Siti" - 1:2

Gollar: 0:1 – 15 de Bryuyne, 0:2 – 36 Ixeanacho, 1:2 – 42 Ibragimovich.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Valensiya, Shou (Marsyal, 81), Bayi, Blind, Mxitaryan (Errera, 46), Fellayni, Pogba, Lingard (Reshford, 46), Ibragimovich, Runi.

"Manchester Siti" – Bravo, Otamendi, Kolarov, Sanya, Stounz, de Bryuyne, Silva, Sterling (Sane, 60), Fernandino, Nolito, Ixeanacho (Fernando, 53).

Ogohlantirishlar: Silva (41), Bayi (45), Ibragimovich (51), Fellayni (52), Runi (83).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA