Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston o`smirlar termasi o`rtoqlik o`yinida Avstraliyaga mag`lub bo`ldi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston
Добавлено: 12.09.2016, 11:09

15 sentyabrda start oladigan o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo`nab ketgan O`zbekiston U-16 terma jamoasi Hindistonda Avstraliya bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi.

O`FF rasmiy saytining ma`lum qilishicha, 9 sentyabr tunida Hindistonga yo`l olgan O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Deli orqali Goa shahriga 10 sentyabrda, tushdan keyin etib bordi. Bugun, 11 sentyabr kuni esa jamoa Avstraliya o`smirlariga qarmi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:3 hisobida mag`lub bo`ldi.

Temur Olimxo`jaev boshchiligidagi jamoadan gollarga Xumoyun Abdusattorov hamda Abubakr Mo`ydinov mualliflik qilishdi. Abdusattorov uchashuvning 20-daqiqasida o`z hisobiga gol yozib qo`ygan bo`lsa, Mo`ydinovning goli 65-daqiqada kiritildi.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichining “D” guruhidan o`rin olgan. Ushbu guruhda ularga Shimoliy Koreya, Tailand va Yaman jamoalari qarshilik qiladi. O`zbekistonliklar turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o`yin bilan boshlaydi.  

O`zbekiston o`smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o`yinlari taqvimi:

17 sentyabr: O`zbekiston – Tailand (19:30)

20 sentyabr: Yaman – O`zbekiston (15:30)

23 sentyabr: KXDR – O`zbekiston (18:30)

*O`yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan

O`rtoqlik uchrashuvi

O`zbekiston - Avstraliya 2:3

O`zbekiston gollari: Xumoyun Abdusattorov (20), Abubakr Mo`ydinov (65)

O`zbekiston tarkibi: Xojiakbar Jo`raev, Islom Karimov, Muhammadali Namozov, Shoxzamon Xayrullaev, Nursulton Kuyliboev, Burxon Hasanov, G`ayrat Azizxo`jaev, Xumoyun Abdusattorov, Abdulxay Ismoilov, Shuxrat Ne`matov, Ibrohim G`anixonov

Zaxira: Abduvohid Ne`matov, Jasurbek Umrzoqov, Mardon Abdullaev, Abubakr Mo`ydinov, Ixtiyor Xoldorov, Abdug`ani Komolov, Rasul Yo`ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Oston O`runov, Baxromjon Soatov, G`ayrat Azizxo`jaev, Doniyor Abdumannopov.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25