Instagram avtomatik tarzda haqoratlarni blokka tushirishni o`rgandi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар: Instagram
Добавлено: 13.09.2016, 15:57

Instagram’da qo`pol va haqoratli izohlardan qochish oson bo`ldi. Vizual ijtimoiy tarmoq tanlangan so`zlar bo`yicha izohlarni moderasiya qilish uchun yangi funksiyani taqdim etdi. U Android va iOS 9.3 va undan yuqori talqindagi uskunalarda o`rnatilgan Instagram ilovasi uchun qo`l keladi.

Istalmagan izohlarni filtrlash uchun Instagram mobil ilovasi orqali o`z profilingizga o`tasiz, so`ngra o`ng yuqori burchakdagi “oltilikni” va “Parametrlar”ni bosasiz. “Kommentarii” nuqtasini topasiz. Unda odatiy haqoratli so`zlarni o`z ichiga olgan izohlarni yashirish tugmasini bossa ham bo`ladi. Biroq bunday ro`yxat faqat ingliz tilida mavjud. 

Yangi funksiya onlayn surbetlik bilan kurashish imkonini beradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии