Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

JCh–2016. Futzal: O`zbekiston terma jamoasi Kolumbiya bilan jangovar durang qayd etdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston

Kolumbiyada davom etayotgan futzal bo`yicha Jahon chempionatining 2-tur o`yinlari start oldi.  “A” guruhidan o`rin olgan O`zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni  Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.

Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinning so`nggi soniyalarida o`zbekistonlik futzalchilar o`z darvozasidan gol o`tkazib, g`alabani qo`ldan boy berishdi. O`yin esa 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Mazkur guruhning yana bir o`yinida Evropa chempioni Portugaliya Panama terma jamoasi darvozasiga 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. 

2-turdan so`ng Portugaliya 4 ochko bilan "A" guruhi peshqadamiga aylandi. Panama 3 ochko bilan ikkinchi, Kolumbiya esa 2 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. O`zbekiston futzal termasi esa 1 ochko bilan guruhning so`nggi pog`onasidan joy egalladi. 

JCh–2016. Futzal

“A” guruhi, 2-tur

Kolumbiya - O`zbekiston 3:3

Gollar: X.Abril (18), A.Karo (37, 40) - J.Anorov (5), D.Irsaliev (15), N.Eliboev (28).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии