Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Shimon Peres insult bilan kasalxonaga yotqizildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Isroilning sobiq Prezidenti Shimon Peres insult bilan kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, u og`ir ammo barqaror holatda. Avgustda 93 yoshni qarshi olgan Peres Tel-Aviv yaqinidagi intensiv terapiya palatasiga yotqizilgan, deya xabar beradi Euronews. Bir hafta oldin unga kardiostimulyator implantanti o`rnatish bo`yicha jarrohlik amaliyoti omadli o`tgan.

Shimon Peres 2007 dan 2014 yilgacha Isroilning prezidenti bo`lgan. O`zining siyosiy karerasi davomida u turli vazirliklarga rahbarlik qilib, ikki marta mamlakat rahbari bo`lgan. 1994 yilda Peresga Bosh vazir Isxak Rabin bilan birga Yaqin Sharqda tinchlikka erishishda ko`rsatgan xizmatlari uchun Nobel mukofoti topshirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии