Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

AQShda yo`lovchi ayolning ustiga 2 kiloli baliq tushib ketdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ayol
Добавлено: 14.09.2016, 10:38

AQSh ko`chalaridan birida ketayotgan ayolning ustiga taxminan 15 metr balandlikdan laqqa baliq tushib ketdi, deb yozadi “Tjournal” nashri. 

Baliq yirtqich qushning panjasidan sirpanib ketgan bo`lishi mumkin. 

Fitnes klubiga ketayotgan filadelfiyalik ayol Liza Lobrining boshiga 2 kilogram keladigan laqqa baliq tushib ketgan. Guvohlarning aytishicha, yaqin atrofda qirg`iy yoki burgut uchib ketayotgan bo`lgan va u o`ljasini tushirib yuborgan. 

Lobrining aytishicha, uning boshi juda qattiq og`rigan va u bir muddat nima bo`layotganini tushunmay qolgan.

Hodisa oqibatida uning yuzi shilingan va shishib ketgan. U baliq hididan qutulish uchun uzoq muddat cho`milishiga to`g`ri kelgan. 

Liza bunday hodisaga hayotida ilk marta duch kelayotganini aytib o`tgan. “Agar baliq bolaning boshiga tushganida bundan ham yomonroq bo`lardi”, deydi u.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes