Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Mashhur onalardan qomatni asl holatiga keltirish borasida 13 tavsiya

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 14.09.2016, 14:11

Aktrisa, xonanda va modellar hamisha o`zlarining qomatlari bilan muxlislarni e`tiborini tortib kelmoqdalar. Mashhur onalar baxtli onlar, ya`ni tug`ruqdan keyin qomatlarini qanday oldingi holatiga keltirganlari haqidagi sirlarini oshkor etishdi. Biz esa ularga faqatgina “Ofarin!” deb qolamiz.

Ketrin Zeta-Jons

Homiladorlik davrida aktrisaning vazni 19 kg ortdi. Ushbu vazndan qutulish uchun aktrisa krash-dietadan (past kaloriyali mahsulotlar) foydalandi. Muhimi, Ketrin kechki ovqatga sabzavotlardan tayyorlangan  sho`rvalarni  iste`mol qildi.

Salma Xayek

Salma Xayek onalik baxti davridagi yig`ilgan ortiqcha vaznni faqatgina o`rta er dengizi-dietasi orqaligina yo`qotishga muvaffaq bo`lgan. Mazkur dietaning asosiy mahsulotlariga zaytun va zaytun yog`i kiradi.

Jennifer Lopes

Jey Lo ham, ona bo`lgandan keyin ortiqcha yig`ilgan 22 kg vaznni yo`qotish uchun kurasha boshladi. Buning uchun u past kaloriyali oqsilli-dietani tanladi. 

Emi Adams

Gollivud aktrisalardan birgina Emi qizi tug`ilganidan keyin ko`pam onalik baxti davridagi yig`ilgan ortiqcha vazn uchun o`zini qiynamadi, u langarcho`p bilan raqsga tushib, qomatini asl holatiga keltirdi.

Adriana Lima

Supermodel 9 oy davomida 15 kg vazn orttirdi. Lima asl qomatini qaytarish uchun kuniga 2000–2500 ml buloq suvini ichib, tinmay sakramachoqda sakradi.

Keyt Uinslet

“Titanik”ning yulduzi hisoblanmish Keyin Uinslet o`zining to`laroq qomati bilan aktrisalar orasida ajralib turardi. Keyt uchun ozish uchun alohida detoks-dasturi ishlab chiqarildi. Dasturning asosini suv, o`tli choylar va sabzavotlar tashkil etdi.

Zoi Saldana

Tabiatan kelishgan Zoi homiladorlik davrida 83 kg vaznga ega bo`ldi. Ortikcha vaznni dieta emas, balki jismoniy harakat: raqs, boks va pilates bilan yo`qotdi.

Beyonse

Beyonse qizi tug`ilganidan keyin bir necha oydan keiyn sahnada ko`rindi. Xonanda bolani ko`krak bilan emizishni qomatga ijobiy ta`sir ko`rsatadi deb hisoblaydi. Shuningdek, u deyarli har kuni ananas iste`mol qildi.

Jessika Alba

Jessikaga tug`ruqdan keyin tez ozish uchun ajoyib shartnoma taklif qilishdi - dieta «3+2+1»: 3 marta to`laqonli ovqatlanish, ikki marta engil tamaddi va bir kunda bir litr suv ichish. Aktrisa hamisha ofisiant keltirgan taomni yarmini eyishni tavsiya qiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA