Murod Rajabov Serbiyada to`p tepayotgan ikkinchi o`zbekistonlik futbolchiga aylandi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Sport, O`zbekiston
Добавлено: 14.09.2016, 14:19

Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubi yarim himoyachisi Murod Rajabov Serbiya Superligasining “Novi Pazar” klubi bilan shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda Championat.asia.

Futbolchi yangi yangi klub tarkibida 44-raqam ostida o`ynaydigan bo`ldi. Ayni paytda klub 7 ta o`yinda 8 ochko to`plab musobaqa jadvalining 11-pog`onasida bormoqda.

Qayd etish kerakki, Murod Rajabov Serbiyada o`ynaydigan ikkinchi o`zbekistonlik futbolchiga aylandi. “Yavor” klubi tarkibida o`zbekistonlik Husniddin G`ofurov ham to`p tepmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии