15 sentyabrdan Toshkent-Buxoro “Afrosiyob” elektropoezdi yo`lga qo`yildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 15.09.2016, 11:28

15 sentyabrdan Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi №762/761-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Poezd yurtimiz aholisi va mehmonlarining temir yo`llaridan foydalanishga bo`lgan ehtiyojini qondirish, ularga safar davomida yuqori darajadagi zamonaviy sharoitlarni yaratish va sifatli servis xizmatlarini ko`rsatish hamda turizmni rivohlantirish maqsadida tashkil etildi.

Poezdning Toshkentdan jo`nash vaqti - 08:00, Buxoroga kelish vaqti - 11:47, Buxorodan Toshkentga poezd soat 15:21 da yo`lga chiqib, soat 19:10 da poytaxtga etib keladi. Reyslar xar kuni amalga oshiriladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии