Keyt Middlton eng didli britaniyalik ayol deb tan olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ayol
Добавлено: 16.09.2016, 11:51

Britaniyaning Rakuten Marketing firmasi xodimlari Londondagi moda haftaligi oldidan fuqarolar o`rtasida kichik so`rov o`tkazdi va ularning nazdida mamlakatdagi eng didli ayol deb kimni bilishlari haqida so`rashdi, deb yozadi “Vesti”.

So`rov natijasida, birinchi o`rinni Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton egalladi. So`rovda ishtirok etgan ayollarning 29 foizi xuddi Uilyamning rafiqasidek kiyinishni istashadi. 

Keyt Middltondan keyin eng didlilar ro`yxatiga xonandalar Rita Ora va Elli Golding, aktrisa Emma Uotson, bloger Zoi Sagglar ham kiritildi. 

Bundan tashqari, britaniyalik ayollar mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va tashqi ko`rinishi ularning  do`kondan qanday kiyim xarid qilishlariga ta`sir ko`rsatishini ham aytib o`tgan. So`rovda qatnashgan ayollarning 29 foizi mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qilgan suratlaridagi kiyimlarni xarid qilganini aytgan. 

So`rovnoma ishtirokchilarining 30 foizi esa sevimli kino qahramonlaridek kiyinishga intilishlarini ma`lum qilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27