Joze Mourino: “Feyenord” offsayddan urgani ikki borobar alamli bo`ldi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 16.09.2016, 12:00

“Manchester Yunayted” jamoasi ustozi Joze Mourino “Feyenord”ga qarshi (0:1) Evropa Ligasi guruh bosqichi dastlabki turidan so`ng o`yin haqidagi firklari bilan o`rtoqlashdi.

“Albatta, men bunday natijadan mamnun emasman. Biz mag`lubiyatga haqli bo`lmagan o`yinda yutqazdik. Ikkinchi bo`limda yaxshi o`ynagan edik, to`p nazorati ham o`z qo`limizda edi. Biz g`alaba qozonmoqchi, raqib esa mag`lubiyatdan saqlanib qolmoqchi edi.

“Fenenoord” offsayddan urgani ikki borobar alamlidir. Ha bizda ham bir talay vaziyatlar bo`lgandi, ammo hech kimni ayblamoqchi emasman. Ba`zi futbolchilar boshqarlardan yaxshi o`ynadi. Ba`zilar esa klub safida debyutini o`tkazdi”, – dedi Mourino. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии