Rossiya davlat akademik Maliy teatrining mamlakatimizga ijodiy safari boshlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 17.09.2016, 11:54

O`zbekiston akademik rus drama teatrida Rossiya davlat akademik Maliy teatrining “Haqiqat – yaxshi, baxt undan-da yaxshiroq” spektakli namoyish etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, milliy san`at va madaniyatni yanada ravnaq toptirish, ijodkorlarning erkin va samarali faoliyat ko`rsatishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgani ta`kidlandi. 

O`zbekiston va Rossiya o`rtasida madaniy-ma`rifiy sohalarda ham o`zaro aloqalar tobora kengayib bormoqda. O`zbekiston va Rossiya hukumati o`rtasida 2016-2018 yillarga mo`ljallangan madaniy-gumanitar hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik dasturi bu yo`nalishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Rossiya davlat akademik Maliy teatrining ikki kunlik gastrol safari davomida yurtimiz san`at ixlosmandlari ushbu teatrning «Haqiqat – yaxshi, baxt undan-da yaxshiroq» spektaklini tomosha qiladi. Aleksandr Ostrovskiy asari asosida rejissyor Sergey Jenovach tomonidan sahnaga qo`yilgan mazkur spektakl tomoshabinni insoniy baxt, shukronalik, o`z-o`ziga nisbatan halol, pok munosabatda bo`lish zarurligi haqida o`ylashga undaydi. 

Mazkur spektaklda Vasiliy Bochkarev, Lyudmila Polyakova, Evgeniya Glushenko, Larisa Kichanova, Sergey Veshev, Viktor Nizovoy, Gleb Podgorodinskiy, Olga Jevakina hamda Denis Kurochka kabi artistlar ishtirok etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии