Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.09.2016, 09:38

Ma`lumki, mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko`rilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi (DIIHB)ga,Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi (MDH Ijroiya qo`mitasi)ga, Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga, Islom hamkorligi tashkiloti (IHT)ga va Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi (BSOA)ga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasman taklifnomalar yubordi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar beradi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining5-moddasiga muvofiq saylov komissiyalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish hamda uni o`tkazishni ochiq va oshkora amalga oshiradilar. O`zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o`tayotganligini yoritib boradilar.

Saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko`rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televidenie va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak.

Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Ularning faoliyati Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 15 sentyabrdagi 734-son qarori bilan tasdiqlangan hamda “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek saylov tashkil qilish va o`tkazish sohasidagi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq ishlab chiqilgan “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to`g`risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.

Ta`kidlash lozimki, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi butun saylov jarayonining oshkoraligi va ochiqligi tamoyillari mustahkamlanishiga, umumiylik, tenglik, erkinlik va yashirin ovoz berish kabi demokratik saylovlarning tamoyillariga rioya etilishiga xizmat qiladi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25