Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Nyu-Yorkda terakt sodir etgan 5 kishi qo`lga olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt, Terror
Добавлено: 19.09.2016, 10:42

17 sentyabr, shanba kuni AQShning Nyu-Jersi shahrida xayriya yugurish marafoni boshlanishidan oldin portlash yuz berdi, biroq hech kim jabrlanmadi. Taxminan 12 soatdan keyin Nyu-Yorkning Manxetten shahrida ham portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 29 kishi yaralandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Ikkala hodisa yuz bergan joyda ham portlamay qolgan portlovchi moslamalar topilgan.  

18 sentyabr kuni mazkur teraktga aloqadorlikda gumonlanib,  5 kishi qo`lga olingan. Ular Bruklin va Steyten-Aylendni bog`lovchi ko`prik ustida FQB xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Gumonlanuvchilarning shaxsi oshkor qilinmayapti. 

Hozirda huquq-tartibot organlari xodimlari operasiya olib bormoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25