Toshkentda ichida yo`lovchilar bo`lgan marshrutka ag`darilib ketdi(Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Avto, YTH, Toshkent
Добавлено: 19.09.2016, 12:34

18 sentyabr, yakshanba kuni soat 9lar atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida Lacetti va «Gazel» markasidagi yo`nalishli taksi ishtirokida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

 

YTH “Chilonzor” savdo markazi yaqinida yuz bergan. Ushbu ikki transport vositasi to`qnashishi oqibatida ichida yo`lovchilar bo`lgan 29-yo`nalishdagi marshrutka ag`darilib ketgan.

Guvohlarning ma`lumotlariga ko`ra, avariya aynan «Gazel» haydovchisining tezlikni oshirishi oqibatida sodir bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida halok bo`lganlar yo`q. Marshrutkaning jarohatlangan bir necha yo`lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии