Xitoyda zavod portlashi oqibatida olti kishi halok bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 19.09.2016, 15:27

Shimoli-G`arbiy Xitoyning Sinxay provinsiyasida joylashgan kimyo zavodida sodir bo`lgan portlash oqibatida olti kishi halok bo`ldi, bir kishi dom-daraksiz yo`qoldi.

Portlash sement ishlab chiqarish uskunasida yuz berdi. Portlash vaqtida ishlab chiqarish liniyasida 26 nafar ishchi bo`lgan, ikki kishi voqea joyida halok bo`ldi, bir kishi bedarak yo`qoldi, 12 kishi yaralandi. Shifokorlarning sa`y-harakatlariga qaramay 12 nafar shifoxonaga etkazilganlardan 4 nafari vafot etdi.

Portlash sabablari aniqlanmoqda.

Zavod 2013 yilda faoliyatini boshlagan bo`lib, har yili 2500 tonna sement ishlab chiqarish qobiliyatiga ega.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии