Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Qo`ziqorinli savatcha

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 20.09.2016, 10:53

Zarur masalliqlar: 
1.  Tayyor qatlama xamir 
2.  600 gr. qiyma 
3.  2 dona tuxum 
4.  2-3 osh qoshiq non talqoni 
5.  1 osh qoshiq smetana 
6.  1-2 dona piyoz 
7.  400 gr. qovurilgan qo`ziqorin 
8.  100-15 gr. qaynatilgan guruch 
9.  Ko`kat, tuz va murch 

1.  Qiyma, 1 dona tuxum, non talqoni, smetana, maydalab to`g`ralgan piyoz va ko`katni solib aralashtiring. 
2.  Gaz listiga pishiriq qog`ozi to`shab, qiymani soling va markazidan chuqurcha xosil qiling.  
3.  Qatlama xamirdan 1 sm.li tasmalarni kesib, qiymaning atrofiga savatcha to`qing. 
4.  Ortgan xamirdan burama tasma xosil qiling (u savatchaning bandi bo`ladi), so`ng listga yarim aylana qilib qo`ying. Tuxum surtib, 200 daraja qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqaga pishirib oling. 
5.  Savatcha tayyor bo`lgach, ustiga qaynatilgan guruch va qovurilgan qo`ziqorinni ketma ket joylang. 
6.  Tayyor taomni salat bargi va ko`katlar bilan bezating. 
7.  Yoqimli ishtaha!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes