Xitoyning eng badavlat fuqarosining o`g`li itiga 8 ta iPhone 7 sotib oldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: iPhone
Добавлено: 20.09.2016, 15:32

“Xitoy ko`chmas mulk bozori qiroli” Van Szyanlinning 28 yoshli o`g`li Van Ssun o`zining “Koko” laqabli itiga 8 ta iPhone 7 sotib oldi, deb yozadi “Tjournal” nashri. 

Weibo ijtimoiy tarmog`ida “Koko”ning o`z akkaunti bor. Uni bugungi kunda 1,9 million kishi kuzatib boradi. Xitoyda iPhone 7 smartfoni sotila boshlangan kuni itning akkauntida smartfon qutilari bilan tushgan surati paydo bo`ldi. Izohlarda internet foydalanuvchilari itning egasi shunchaki xazillashmoqchi yoki smartfonlarni kimgadir sovg`a qilmoqchi ekanligini taxmin qilgan. Biroq Van Ssun shuncha iPhone 7 smartfonini nima qilishini ma`lum qilmagan. 

Bir yil oldin Van Ssun itiga 2 ta har biri 12 ming dollar turuvchi tilla Apple soatini sotib olgan edi. Birozdan so`ng esa “Koko” laqabli it pushtirang Fendi sumkasiga ega bo`lgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии