Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Manchester Yunayted” 35 mln evro evaziga Angliya chempionini sotib olmoqchi

Бўлимлар: Sport
Добавлено: 21.09.2016, 15:11

“Lester” jamoasi yarim himoyachisi Deniel Drinkuoter qishki transfer mavsumida boshqa klubga o`tib ketishi mumkin, deya ma`lum qiladi Championat.com nashri.  

Ma`lum bo`lishicha, angliyalik 26 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgan. Mankunianlar uning transferiga 35 million evro sarflashga tayyor ekani ma`lum qilinmoqda.

Qayd etish kerakki, Drinkuoter “MYu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo jamoa safida birorta ham rasmiy o`yin o`tkazmagan. O`tgan mavsumda yarim himoyachi “Lester”ning 35 o`yinida maydonga tushib, 2 ta gol urgan va Angliya chempioniga aylangan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA