Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Prezidenti saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 22.09.2016, 12:13

20-21 sentyabr kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalari bo`lib, ularda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a`zoligiga nomzodlar muhokama qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazi xabar berdi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonunga va Asosiy tadbirlar dasturi muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzildi.

Saylov okruglari ro`yxati saylovchilar soni hamda okrug saylov komissiyalari qaerda joylashganligi ko`rsatilgan holda matbuotda e`lon qilindi.

Prezident saylovini tashkil etish va uni o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida etmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o`rinbosari, kotibi va kamida 6-8 nafar a`zosidan iborat tarkibda tuziladi.

Okrug saylov komissiyalarining a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bilan jamoatchilikning obro`li vakillari orasidan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Joylardagi davlat hokimiyati vakillik organlari sessiyalarida muhokamalar natijasida okrug saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya qilish bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.11.2017, 10:37
21.11.2017, 10:33

SUG'DIYONA