AQShda Mishel Obamaning pasport nusxasi ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 23.09.2016, 10:40

AQShda Mishel Obamaning pasport nusxasi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi, deb xabar beradi “Vesti”.

DC Leaks xakerlar guruhi Oq Uyning sobiq xodimlaridan birining pochtasini buzib kirdi. 

Natijada aksariyat davlat arboblarining hujjatlari nusxasini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Internetga joylashtirilgan hujjatlar nusxalari orasida Mishel Obamaning pasport nusxasi ham bor. 

Pochtasi buzib kirilgan Oq Uyning sobiq xodimi ma`muriyatda u qadar yuqori bo`lmagan lavozimda ishlagan. U keyinchalik Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasi shtabiga ishga kirgan.

Oq Uy esa Mishel Obamaning pasport nusxasi tarqalib ketganligi haqidagi ma`lumotlarning asosli ekanligini tasdiqlamayapti. 

Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest AQSh hukumati maxfiy ma`lumotlar tarqlaib kteganidan xabardor ekanligini ta`kidladi.

 “Aytishim mumkinki, bu ma`lumot AQSh ma`muriyatidag tegishli shaxslar tomonidan o`rganilmoqda”,—deydi u.

U AQSh hukumati kompyuterlarni buzib kirish haqidagi istalgan ma`lumotga jiddiy yondashishini ham aytib o`tdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27