Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Bog`chalardagi bolalar ta`minotiga haq to`lash qoidalari o`zgartirildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Bola
Добавлено: 23.09.2016, 11:39

Xalq ta`limi va Moliya vazirliklarining qo`shma qarori  bilan yangi “Maktabgacha ta`lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minotiga haq to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi. Shu munosabat bilan ilgari amalda bo`lgan 2008 yil 13 fevraldagi “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minotiga haq to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizom o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.

Yangi tartibga ko`ra

Yangi Nizomda nazarda tutilishicha, maktabgacha ta`lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minoti uchun to`lov har oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan to`lanadi. Avvalgi tahrirda esa bu oyning 10 sanasiga qadar qilib belgilangan edi.  Shuningdek, oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta`minoti uchun to`lov bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida oyning qolgan kunlariga mutanosib ravishda to`lanadi.

To`lov vaqtida to`lanmasa-chi?
Ilgarigidek, to`lovning belgilangan muddat o`tgandan so`ng ham keyingi 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lanmasligi bolaning maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnashini to`xtatish uchun asos bo`ladi. 

Maqolaning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 38-sonida o`qishingiz mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA