Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Messi dalda uchun raqib jamoasiga tashakkur bildirdi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 23.09.2016, 11:53

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi Myonxengladbaxning “Borussiya” klubiga qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.

“Borussiya M” jamoasi “Barselona”ning EChL guruh bosqichidagi raqibi sanaladi. Argentinalik futbolchi “Atletiko”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 5-turida jarohat olib maydonni tark etgandi va uning tiklanishiga 3 hafta kerak ekani haqida xabar qilingandi.

Gladbaxlikar “Tvitter”dagi sahifasida Messini qo`llab-quvvatladi va unga tezroq sog`ayib ketishni tiladi.

“Borussiya M”ga dalda uchun rahmat. Bu o`ta yoqimli holat. Menga yaxshi tilaklar bildirgan barchaga rahmat. Yanada kuchliroq bo`lishim uchun bir necha kunlar kerak bo`ladi”, – deb yozdi Messi “Feysbuk”dagi sahifasiga. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25