Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Peterburgda yangi xodim 1-ish kunida ofisdagi hamma noutbuklarni o`g`irlab ketdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rossiya, Jinoyat

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Belarus fuqarosi plastik romlar o`rnatish bo`yicha kompaniyaga ishga kirdi. U birinchi ish kunidayoq ofisdagi barcha noutbuklarni o`g`irladi va g`oyib bo`ldi, deb yozadi “Tjournal”.

29 yoshli Belarus fuqarosi plastik romlar o`rnatish bo`yicha kompaniyaga 20 sentyabr kuni ishga joylashdi. 21 sentyabr kuni u ishga keldi va uch soat ishlaganidan so`ng ofisdagi 8 ta noutbukni olib chiqib ketdi.  

Kompaniya rahbariyati hodisa yuzasidan polisiyaga murojaat qildi. Polisiya gumondorning barmoq izlarini olgan va hozirda uni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии