Toshkent shahrida talonchilik fosh etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent, Jinoyat
Добавлено: 24.09.2016, 13:30

Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar bo`limiga Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi ikki nafar 24 yoshli fuqarolar murojaat qilib, ularni shu shaharda yashovchi notanish fuqaro Farxod ko`chasi hududida kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, 300 ming so`m pulini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu sodir etilgan talonchilik to`liq fosh etilib, jinoyatchi qo`lga olindi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии