Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Roma” hujumchisi avtohalokatga uchradi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport

Italiya terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Stefan El-Shaaravi “Torino”ga qarshi kechgan va rimliklarning 1:3 hisobidagi mag`lubiyati bilan yakunlangan Italiya chempionati 6-turidan so`ng yo`l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi.

ESPN FC portalining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi jamoaning mashg`ulotlar bazasidan qaytayotgan bo`lgan. Italiyalik futbolchi o`zining Audi A3 avtomobilida Fiat Panda mashinasi bilan to`qnashib ketdi.

Futbolchiga jiddiy jarohat etkazilmadi. Fiat Panda avtomobilining 40 yoshli hafdovchisi bo`yin va umurtqa pog`onasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram