“Real” himoyachisi Pepe safga qaytishga tayyor

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, Real madrid
Добавлено: 26.09.2016, 12:36

“Real Madrid” jamoasi himoyachisi Pepe jarohatidan forig` bo`lib, safga qaytishga tayyor. Bu haqda Championat.com nashri xabar bermoqda.

Zinedin Zidan “Borussiya D”ga qarshi EChL guruh bosqichi 2-turida portugaliyalik futbolchining xizmatlaridan foydalana oladi.

33 yoshli futbolchi tizzasidagi jarohat tufayli “Real”ning so`nggi ikki o`yinini o`tkazib yuborishga majbur bo`lgandi. Portugaliyalik himoyachi “Espanol”ga qarshi (2:0) La Liga 4-turida jarohat olgandi.

Eslatib o`tamiz, “Borussiya D” – “Real” o`rtasidagi uchrashuv ertaga, 27 sentyabr kuni bo`lib o`tadi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии