"Real"dagi mojaro: Zidan o`ziga qarshi bosh ko`targan Ronalduni kechiradimi?

Бўлимлар: Futbol
Добавлено: 27.09.2016, 14:57

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiy Zinedin Zidan va klub etakchisi Krishtianu Ronaldu o`rtasidagi mojaro barham topgan ko`rinadi. Evropa chempionlar ligasining "Borussiya D" klubiga qarshi o`tkaziladigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Zinedin Zidan barcha muammolarga barham berilganini ma`lum qildi.

“O`yin davomida almashtirilgan futbolchi borki, bundan norozi bo`ladi, – dedi Zinedin Zidan. - Ronaldu ham bundan mustasno emas. Bo`lib o`tgan voqealardan keyin Krishtianu bilan bafurcha gaplashib oldik. Bizni oldindan murakkab o`yinlar kutmoqda.

Eslatib o`tamiz, "Las-Palmas"ga qarshi (2:2) uchrashuvning 72-daqiqasida maydondan olingan Krishtianu Ronaldu bosh murabbiyning bu qaroridan norozi bo`lgandi. Keyin esa klub prezidenti Florentino Peresga Zidanning ustidan arz qilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08