O`zbekistonda havo harorati 13 darajaga pasayadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston, Toshkent
Добавлено: 27.09.2016, 15:59

 O`zbekistonga tez kunlarda Rossiyaning Povolojya hududidan nam va sovuq havo oqimi kirib keladi.

O`zgidrometdan xabar berishlaricha, shu sababli 29 sentyabrdan mamlakat hududida harorat pasayishi, shamol kuchayishi va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. 

29 sentyabr kuni respublikamizning aksariyat qismida yomg`ir yog`ishi, 30 sentyabr kuni esa ba`zi joylarda yomg`ir kuchayishi kutilmoqda. Poytaxtimizda havo harorati 29 sentyabr kuni tunda 13-18˚S, kunduzi 28-33˚S, 30 sentyabrdan 2 oktyabrgacha tunda 10-15˚S, kunduzi 20-25˚S bo`lishi kutilmoqda.

Mamlakat shimolida termometr ustuni 17-22˚S gacha tushadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

29.06.2017, 14:11
28.06.2017, 15:27