Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan bo`shatildi

Бўлимлар: Futbol
Добавлено: 28.09.2016, 10:57

Angliya futbol uyushmasi (FA) mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardaysni o`z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

The Telegraph jurnalistlari Osiyo kompaniyasi vakillari ostida Ellardays bilan muzokara o`tkazgan va 61 yoshli mutaxassis esa qoidalarga zid ravishda transferlarda vakil sifatida ish olib borish uchun 400 ming funt so`ragan edi.

Angliya futbolchi uyushmasi Ellardaysni korrupsiyaga aloqadorlikda aybdor deb topdi va yuqoridani qarorni qabul qildi.

– Ellardays Angliya terma jamoasini boshqara oladigan darajadagi murabbiy emas, u ko`pgina xatoliklarga yo`l qo`ydi. Shu sababdan ham iste`foga chiqarildi, – dedi FA vakili.

Angliya terma jamoasini vaqtincha Garet Sautgeyt boshqarib turadi. Ushbu mutaxassis terma jamoani bo`lajak 4 uchrashuvda maydonga olib chiqadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии