Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkentdagi ayrim tibbiyot muassasalari yopiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Tibbiyot, Toshkent
Добавлено: 28.09.2016, 16:30

Poytaxtimizda to`rtta tibbiyot muassasasi, xususan bitta respublika markazi qayta tashkil etiladi

Ushbu choralar Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot muassasalari tuzilmalarini optimllashtirish hamda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash tizimidagi xodimlarning ish haqi tizimini muvofiqlashtirish choralari to`g`risida”gi Qarori bilan ko`zda tutilgan.

Endilikda Respublika yiringli jarrohlik va qandli diabet xastaligi jarrohlik asoratlari markazi bo`lmaydi, deya xabar beradi UT.uz nashri. Uni Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-sonli klinikasi tasarrufiga o`tkazishadi. Bungacha Markaz akademiyaning korpuslaridan birida faoliyat yuritardi.  

Tibbiyot muassasalarining birlashtirilishi bemorlarga xizmat ko`rsatish sifatiga ta`sir qilmaydi. Yopilayotgan markaz xodimlari o`z joylarida ishlashadi, ammo tibbiy hujjatlarda yozuvlar o`zgaradi.

Olmazor tumanining talabalar poliklinikasi Olmazor tumani tibbiyot shaharchasining ko`ptarmoqli Markaziy poliklinikasiga aylantiriladi hamda nafaqat talabalarga balki shu erda yashovchi aholiga ham yordam ko`rsatadi.

Shu bilan birga Toshkent shahar 2-sonli klinik shifoxonasi hamda silkasalliklari shahar klinik shifoxonasi ham yopiladi. Bo`shayotgan o`rinlar poytaxtning boshqa tibbiyot muassaslariga o`tkaziladi. Poytaxt shifoxonalarining kengayishi aholiga xizmat ko`rsatish sifatining oshishiga yordam beradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25