AQShlik o`smir avval otasini o`ldirdi, so`ng maktab o`quvchilariga qarata o`q uzdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Bola
Добавлено: 29.09.2016, 14:35

AQShning Janubiy Karolina shtatida otishma yuz berdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Otishmani o`smir yigit sodir etganligi aniqlandi. O`smir Anderson okrugidagi maktablardan biriga bostirib kirib, maktabdagilarga qarata o`q uzgan. Oqibatda 3 kishi ya`ni 2 nafar birinchi sinf o`quvchilari va maktab o`qituvchisi yaralandi. Yaralanganlar shifoxonaga yotqizildi. Bolalardan biri jonlantirish bo`limiga joylashtirilgan. Uning ahvoli og`ir deya baholanmoqda.Qolgan ikki jabrlanuvchining ahvoli esa qoniqarli. 

Maktab yaqinida 47 yoshli erkakning jasadi topilgan. U o`q uzgan o`smirning otasi bo`lib chiqdi. Okrug polisiyasi otishmaning sabablarini o`rganmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии