O`zbekiston va Janubiy Koreya moliya vazirlari uchrashdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston
Добавлено: 29.09.2016, 14:37

Toshkent va Seul chorshanba kuni O`zbekistondagi yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo`yicha o`zaro bir-birini tushunish to`g`risidagi memorandumni imzoladi, deya xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.Yonhap agentligiga asoslanib. 

Ikki mamlakat moliya vazirlari Rustam Azimov va Yu Il Xoning Seulda bo`lib o`tgan muzokaralarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda O`zbekistondagi loyihalarda Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Memorandumga muvofiq, Koreya Respublikasi hukumati 1987 yili imtiyozmli zayomlar ajratish yo`li bilan rivojlanayotgan mamlakatlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Hamkorlik va iqtisodiy taraqqiyot davlat jamg`armasi orqali 250 mln dollar miqdorida mablag` ajratadi. Mazkur mablag`lar Toshkent aeroportining yangi xalqaro terminali qurilishi hamda milliy datamarkaz tashkil etilishi uchun sarflanadi. O`zbekiston tomonidan loyihaga 100 mln dollar ajratiladi.

O`zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi yirik savdo sheriklaridan hisoblanadi. O`tgan yili ikki davlat o`rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 1,3 mlrd dollar, bir yil avval esa 2,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

29.06.2017, 14:11
28.06.2017, 15:27