Shavkat Mirziyoev Isroil hukumatiga hamdardlik bildirdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 30.09.2016, 11:02

O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning vafoti munosabati bilan ushbu mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev atoqli Isroil davlat va jamoat arbobi, sobiq Prezidenti Shimon Peresning vafot etganligi munosabati bilan Isroil Davlati rahbarlari — Prezident Reuven Rivlin va Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga samimiy ta`ziya izhor etilgan maktublar yo`lladi va marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so`zlarini bildirdi», — deyiladi xabarda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии