Plyaj futboli: O`zbekiston jahon reytingida 59-o`rindan joy oldi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 03.10.2016, 10:24

Plyaj futboli bo`yicha terma jamoalarning sentyabr oyi yakunlariga ko`ra yangi reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi ayni damda reytingning 59-pog`onasida bormoqda, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

O`zbekiston avgust oyi yakunlariga ko`ra 57-pog`onadan joy olgan edi. Hozirgi vaqtda Plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi hisobida 131 ochko mavjud.

Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida O`zbekiston hozirda 10-o`rinni egallab turibdi. OFKga a`zo mamlakatlar reytingida 1620 ochko to`plagan Eron terma jamoasi etakchilik qilmoqda. 

OFKga a`zo mamlakatlar reytingining kuchli o`nligi quyidagicha ko`rinish olgan:

1 (6) Eron – 1620

2 (11). Yaponiya – 952

3 (13). BAA – 867

4 (16). Ummon – 835

5 (30). Livan – 432

6 (36). Xitoy – 332

7 (41). Vetnam – 271

8 (42). Tailand – 269

9 (45). Bahrayn – 226

10 (59). O`zbekiston – 131

Jahon reytingini 3568 ochko to`plagan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3169) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, uchinchi o`rin Italiya (2100) termasiga tegishli.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27