“Islom davlati” terrorchilik guruhi etakchisini zaharlashdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terror, DAISh
Добавлено: 03.10.2016, 15:52

“Islom davlati” terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakir al-Bag`dodiy yuqori lavozimda ishlovchi uch jangari bilan birgalikda zaharlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Zahar jangarilarning ovqatiga solingan. Natijada Abu Bakir al-Bag`dodiy va uning sheriklari og`ir zaharlangan. Hodisa Suriya-Iroq chegarasidan uncha uzoq bo`lmagan  Naynava viloyatida ro`y bergan.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi a`zolari al-Bag`dodiy bo`lgan hududda tekshiruv ishlarini olib borib, aholini qamoqqa olgan. Ular ovqatga zahar qo`shgan odamni aniqlashga kirishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии