Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Amitabx Bachchan o`ziga tegishli Galaxy Note 7 to`liq quvvatlanmayotganidan shikoyat qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: SAMSUNG, Aktyor, Telefon
Добавлено: 03.10.2016, 16:23

Bollivud yulduzi Amitabx Bachchan o`ziga Galaxy Note 7 to`liq zaryadlanmayotgani haqida o`zining Tvitterdagi sahifasida yozib o`tgan. Aktyorning yozishicha, unga qarashli mazkur smartfonning batareyasi 60%dan ortiq quvvat olmayapti. U Samsung’dan ushbu nosozlikni bartaraf qilishni so`ragan, deb yozadi “Terabayt.uz”

Aftidan, aktyor Galaxy Note 7 atrofida bo`layotgan voqealar haqida xabardor emas. Mazkur smartfonning batareyasida nosozlik aniqlangach, Janubiy Koreya kompaniyasi maxsus dastur yangilanishi orqali uni vaqtinchalik faqat 60%gacha quvvatlanadigan qilib qo`ygan. Shuningdek, Samsung hali Hindistonda rasmiy Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvga chiqarmagan. Shuning uchun mashhur aktyor o`zining smartfonini boshqa mamlakatdanxarid  qilgan, deb xulosa qilish mumkin.

Hodisaga mantiqan yondashsak, Amitabx Bachchanning Galaxy Note 7 smartfoni istalgan vaqtda yonib ketishi mumkin. Shuning uchun tarmoq foydalanuvchilari aktyorga telefonni qaytarib berishni yoki uni almashtirishni maslahat berishgan.

Eng qizig`i, Bachchanning ushbu shikoyati Hindiston fuqaro aviasiyasi tashkiloti Galaxy Note 7 smartfonlarini samolyot bortlarida olib kirishga ruxsat bergan kunda yozilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25