Turkiya hukumati 13 mingga yaqin polisiyachini ishdan bo`shatdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ish beruvchi, Xodim, Turkiya
Добавлено: 04.10.2016, 13:18

Turkiya hukumati davlat to`ntarishida gumon qilib, 12 801 nafar polisiyachini ishdan bo`shatdi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri. 

Ishdan bo`shatilgan polisiyachilarning 2,5 mingdan ortig`i yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Turkiyada polisiyachilarning umumiy soni 250 ming nafarni tashkil etadi.

Davlat to`ntarishida gumon qilingan harbiy xizmatchilar, fuqarolar, polisiyachilar va sud tizimi xodimlari, jami 100 mingga yaqin odam ishdan bo`shatilgan. Ilgari Turkiya adliya vaziri Bekir Bo`zdag Turkiyada sodir etilgan davlat to`ntarishida gumon qilingan 32 ming nafar odam qamoqqa olingani haqida ma`lumot bergan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии