Suriyadagi to`yda portlash yuz berib, 30 kishi halok bo`ldi, 90 kishi yaralandi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Terakt, To`y
Добавлено: 04.10.2016, 15:54

Suriyada kurd oilasida bo`layotgan to`yda terakt yuz berib, 30 kishi halok bo`ldi, 90 nafar odam yaralandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

3 oktyabr kuni El-Xasake shahrida o`tkazilayotgan to`yda terrorchi-xudkush o`zini portlatib yubordi. Kuyov Suriya demokratik kuchlari jangchisi bo`lib, IShIDga qarshi faol kurashgan.  Kuyov ham terakt oqibatida halok bo`lgan. 

Xudkush tantanalar zalidagi mehmonlarga hujum qilgan. U avvaliga odamlarga qarata pulemyotdan o`q uzgan. Patron tugagach, portlovchi qurilmani ishga solgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08