Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Tojikiston Prezidenti bilan telefon orqali suxbatlashdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston, 2016 yil, Telefon
Добавлено: 05.10.2016, 16:25

2016 yil 5 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA. 

Suhbat chog`ida o`zbek va tojik xalqlarini vaqt va tarix sinovidan o`tgan ko`p asrlik do`stlik va hamkorlik munosabatlari bog`lab turishi, bu yaqin qo`shnichilik, o`zaro hurmat hamda bir-birining manfaatlarini e`tiborga olgan holda bundan keyin ham samarali hamkorlik uchun qulay va mustahkam asos yaratishi ta`kidlandi. 

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, zamonaviy O`zbekiston – Tojikiston munosabatlariga asos solgan Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida o`tkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O`zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Tojikiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida Shavkat Mirziyoev va Imomali Rahmon bundan keyin ham ochiq va keng ko`lamli muloqotni davom ettirishlarini, O`zbekiston va Tojikistonning turli darajadagi so`nggi muloqotlari chog`ida qo`llab-quvvatlangan taklif va kelishuvlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni, o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirdilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA