Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Tottenxem” miyasi jarohatlangan sobiq futbolchisiga 7 mln funt to`laydi

Бўлимлар: Sport
Добавлено: 05.10.2016, 17:15

Angliyaning “Tottenxem” jamoasining sobiq futbolchisi Radvan Hamid London klubiga qarshi sud ishidan g`alaba qozonib, 7 mln funt miqdorida tovon pulini oldi.

10 yil avval istiqbolli futbolchi “Tottenxem” safiga kelib qo`shildi. Tibbiy ko`rikdan o`tish chog`ida uning yuragida xastalik aniqlandi, ammo shifokorlar bunga katta e`tibor qaratmadi.

Bir necha kun o`tib Radvan Hamid maydonga tushdi va bu uning so`nggi o`yini bo`ldi. O`yin vaqtida futbolchining yugari bir necha daqiqaga to`xtadi. Shifokorlar uning jonini saqlab qoldi, biroq uning miyasi jiddiy jarohatlandi.

Sud ishni ko`rib chiqib, 10 yil deganda adolat qaror topdi. Sud qaroriga ko`ra “Tottenxem” 70%, shifokorlar 30% aybdor deb topildi. Natijada sobiq futbolchi shifokorlarning xatoligi uchun Radvan 7 mln funt miqdorida tovon puli oldi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA