O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston, Saylov
Добавлено: 06.10.2016, 12:32

O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish va tegishli saylov okrugiga biriktirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori e`lon qilindi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 44 ta saylov uchastkalari tuzildi.

O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga yanada qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning boshqa shaharlarida yangi saylov uchastkalarini tashkil etish masalasini qo`shimcha o`rganib chiqiladi, zarurat bo`lganda, belgilangan tartibda va muddatlarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08