Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sabzavotli teftel - kechki taomga ajoyib taklif!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар: Taom
Добавлено: 06.10.2016, 15:48

Zarur masalliqlar: 500 gr. go`sht qiymasi, 1 stakan pomidor pyuresi, 1 donadan baqlajon va kabachki, 2 ta bulg`or qalampiri, 1 bosh piyoz, 4 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yarim aylana shaklida yirikroq qilib to`g`rang-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida 2-3 daqiqa qovuring. Keyin yarim aylana shaklda to`g`ralgan baqlajonni qo`shing. 3 daqiqadan so`ng maydalanagan bulg`or qalampirini solasiz.

2. Sabzavotlarni yana 3 daqiqa qovurgach, yarim halqa shaklda to`g`ralgan kabachkini solib, 5 daqiqa qovurasiz. Sarimsoqpiyozni bo`laklab soling-da, 1 daqiqadan keyin pomidor pyuresini qo`shib, tuz, murch seping.

3. Go`sht qiymasiga tuz, murch sepib, kichik «shar»chalar yasang-da, dimlangan sabzavotlarga solib, zar qog`oz (folga) bilan idish ustini yoping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

4 kishilik

1 soatu 10 daqiqa

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25