Ayollar uchun matematik tashxis

Бўлимлар: Lady
Теглар: Ayol
Добавлено: 06.10.2016, 15:49

Xo`sh, juftingiz bilan munosabatlarda o`zingizni qanday tutasiz? Quyidagi matematik amalni bajarib, o`zingizga ko`zgu tuting. Buning uchun tug`ilgan yil, oy va sanangizni raqamlar bilan yozib, bir-biriga qo`shib chiqasiz.

1985 yil, 20 aprelda tavallud topgan bo`lsangiz, 1+9+8+5+2+0+4=29=2+9=11=1+1=2 shaklida hisoblaysiz. Demak, sizning raqamingiz — 2.

1.

O`ziga ishongan, mustahkam irodali bu ayollar umr yo`ldosh tanlayotganda yurakdan ko`ra aqlga bo`ysinishadi. Qarama-qarshi jins vakillari bilan tez til topishib keta olmaydi. Chunki ulardagi ishonch boshqalarga kibrdek tuyuladi. Birinchilikka intilishlari esa munosabatlarga soya solmasdan qolmaydi. Shuning uchun dunyoqarashi o`zinikidan kengroq va hayotda yutuqlarga erishgan yigit bilan hayotlarini bog`lashni istashadi.

2.

Dilrabo va kirishimli bu toifa ayollar uchun munosabatlarda ishonch eng muhimi. Tuyg`ulari barqaror, muhabbati ham abadiy bo`lishigi ishonishadi. Janjal, tortishuvlardan yiroq, ammo xiyonatga toqat qila olishmaydi. Juftlari uchun ideal ayol obrazini yaratishadi. Qimmatbaho sovg`alardan ko`ra samimiy dildan qilingan tuhfalar ularni ko`proq xursand qiladi.

3.

Hisob-kitoblar 3 raqamini ko`rsatgan bo`lsa, suyganini hech qachon zeriktirmaydigan ayol ekansiz. Yoringizning tuyg`ularini qadrlaysiz, unga bo`lgan ishonchingiz muhabbatingizni yanada oshiradi. Orzularingizni ushaltiruvchi inson taqdir yo`llaringizda paydo bo`lishidan umid qilasiz. Biroq sevgi dilingizni mahv etgach, ko`zlaringiz ko`rga aylanadi. Bo`lajak umr yo`ldoshingizni sinovlardan o`tkazish ham xayolingizga kelmaydi.

4.

Hayotga real ko`z bilan qaraysiz. Turmush o`rtog`ingizga, avvalo, ishonishingiz kerak. Siz uchun uning oilani moddiy tomondan ta`minlay olishi juda muhim. Oilada haqiqiy xazinabonsiz. Pulni tejab-tergab ishlatishingiz juftingizni quvontiradi. To`g`ri mayda-chuydalar uchun ham asabiylashishingiz mumkin. Biroz xudbinligingizni ham tan oling. Umr yo`loshingizning yaqinlari bilan yaxshi munosabatda bo`lsangiz, u ham sizning istaklaringizni amalga oshiradi.

5.

Ushbu raqam bir qarashdayoq e`tiborni o`ziga tortadigan, go`zal, biroz aktrisalik ham qila oladigan ayol ekanligingizdan darak beradi. O`zlarini juda yaxshi ko`rganlaridan, ular – maqtovning quli. Tashqi ko`rinish, moddiy boyliklar bilan munosabatlarni o`lchashlari ularning eng katta xatosidir. Bir xil turmush tarzidan zerikishadi. Qaniydi, har kun bayram bo`lsa, mehmondorchilik, uchrashuvlar jonu dili. Ammo sevsalar, dildan sevadilar. Bu ayolning muhabbatiga erishmoqchi bo`lgan qarshi jins vakili uning ko`plab talablariga javob beradigan inson bo`lishi kerak.

6.

Sirli, ta`sirchan, bir qarashda sovvuqonsiz, ammo ko`nglingiz bo`sh. Kerakli paytda jiddiy qiyofada gavdalanasiz, zarur bo`lganda hazilni ham qoyillatishingiz mumkin. Bu yaxshi. Turmush asosida avvalo do`stlik yotadi deb hisoblaysiz. Shuning uchun oila maydonida tushunmovchiliklar katta janjalga aylanib ketmaydi. Bu toifa ayollarning turmush o`rtoqlariga rafiqangizning arazlariga befarq bo`lmang, deymiz. Ko`nglini ko`tarish uchun bir og`iz shirin so`zning o`zi kifoya axir.

7.

O`ziga oro berishni xush ko`radigan bunday ayollar qaerda o`zini qanday tutishni yaxshi bilishadi. Farosatli va aqlliliklari sabab ular bilan taqdirini bog`lashni istaydiganlar talaygina. Munosabatlarda romantika va rostgo`ylik muhim. Shuning uchun aldamasdan borini ayta qoling unga. Faqat bir xatolari – doim ideal inson izlashadi. Bilishmaydiki, bu dunyoyu dunda hech kim kamchilikdan xoli emas.

8.

Natija 8 raqamini ko`rsatgan bo`lsa, irodangizga tahsin o`qiymiz. Bir qarashda ular shaxsiy hayotdan ko`ra ish borasida omadlidek. Tuyg`ularini oshkor qilmaganliklari sababli ham juftlari ularning muhabbatiga doim ikkilanadi. Umr yo`ldoshi kuchli xarakterli va intellekti baland inson bo`lmog`i lozim. Bo`lmasa, nomutanosiblik kuzatilib, munosabatlar darz ketishi mumkin. Oilasi uchun neki foyda bo`lsa, hammasini qilishga tayyor ayollarimizni tushunishlarini so`raymiz ularning yorlaridan.

9.

Ular bilan hech qachon zerikmaysiz. Chunki qiziqarli va ko`p ma`lumotlar biladigan, istalgan mavzuda bemalol suhbatlashadigan suhbatdoshdirlar. Ayniqsa, san`at, madaniyat haqida soatlab gurung qilishlari mumkin. Sovg`a, gullarga o`ch. Shu sabab ko`ngliga yo`l topmoq oson. Taqdirlarini bog`langan insonlari talabchan va e`tiborli bo`lishsa, bas. Oilaviy hayotlari risoladagidek kechadi. Pazanda va uddaburon bekaliklari esa a`lo fazilatlaridan biridir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии