Ma`danli suv yordamida ko`rkamlashing

Бўлимлар: Lady
Теглар: Go`zallik
Добавлено: 07.10.2016, 14:33
  • 1 st gazsiz suvdan yax bo`laklari tayyorlab oling. Ertalab va kechqurun ikki qavat dokaga o`rab, yuz va bo`yin sohasiga engil surting. Ketidan terini shapatilab uqalab olsangiz, bas. Qon aylanishi yaxshilanib, teri taranglashadi.
  • Kechki payt uchrashuvga shoshilayotgan bo`lsangiz, yuz tersidagi so`liqqanlikni gazli suv bilan bartaraf eting. Yumshoq sochiqni suvda namlab, 3-4 soniya yuzingizga bosib turasiz.
  • 1 st ma`danli suvga 1 osh qoshiq moychechak yoki qichitqi o`t (krapiva)dan solib, qaynating. Sovugach, dokadan o`tkazib, pardoz tozalash vositasi sifatida foydalanishingiz mumkin.
  • 1 st gazsiz suvga 1 ta limon sharbatini aralashtirib oling. Har kuni uxlashga yotishdan oldin, bo`yin va qo`l terisiga ozroq surtib, engil uqalab tursangiz teringiz mayinlashadi.
  • 0,5 st gazsiz suvga 1 osh qoshiq kosmetik loy, 1-2 tomchi zaytun yog`ini aralashtirib, yuzingizga surting. 15 daqiqadan yuvib olsangiz teri qizarishlaridan xalos bo`lasiz.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии