Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Zinedin Zidan Ronaldu zaxiraga olish qaroriga izoh berdi

Бўлимлар: Sport
Добавлено: 07.10.2016, 14:40

“Real Madrid” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub hujumchisi Krishtianu Ronalduni “Las-Palmas”ga qarshi (2:2) o`yinda zaxiraga olinish qaroriga izoh berdi, deb xabar bermoqda Goal.  

“Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo`lgani yaxshi. Chunki bu holat Krishtianu jamoa taqdiriga befarq emasligini ko`rsatdi. Men unga barchasini tushuntirdim. Hozir futbolchilar bitta mavsumda 60 tagacha o`yin o`tkazadi. Mening davrimda biz shuncha o`yinni ikki yilda o`tkazardik. Menimcha, futbolchi shuncha o`yinda bir xil darajada o`ynay olmaydi”, – dedi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o`tamiz, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi “Las-Palmas”ga qarshi i o`yinda zaxiraga olingani uchun Zidanga norozilik bildirgandi. Keyinroq Ronaldu “Real” prezidentiga uning ustidan shikoyat qilgan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA