Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov Las-Vegasda navbatdagi jangini o`tkazadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Sport, O`zbekiston
Добавлено: 08.10.2016, 10:24

Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov o`zining navbatdagi jangini yana AQShning Las-Vegas shahrida o`tkazadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, bungacha u so`nggi jangini 17 sentyabr kuni amerikalik Markius Xoutorni ochkolar hisobiga ko`ra mag`lubiyatga uchratgandi.Uning navbatdagi raqibi, kelib chiqishi gavailik, AQSh nomidan jang qiladigan Jonatan Dinong bo`ladi.

Mazkur jang Toshkent vaqti bilan 9 oktyabr kuni tongda bo`lib o`tadi. Vakilimizga bo`lajak jangda g`alaba tilab qolamiz. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA