“Chelsi” etakchisi Eden Azar Italiya chempioni nazariga tushdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 08.10.2016, 11:53

Angliyaning “Chelsi” jamoasi xavbeki Eden Azar o`z faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.com” portali xabar bermoqda.  

Belgiyalik iqtidorlik futbolchining xizmatlariga “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Turinliklar Belgiya terma jamoasi futbolchisini yozda sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Eden Azar “Chelsi” joriy mavsum yakuniga ko`ra EChLda ishtirok etmaydigan bo`lsa, klub rahbariyatidan o`zini sotib yuborishini so`ragan.

Ma`lumot uchun, 25 yoshli futbolchining “Chelsi” bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo`ljallangan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии