Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Aqlli avtomobil” bilan yirik YTH sodir bo`ldi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар: Avto, YTH

AQShda o`zini o`zi boshqaradigan Google avtomobili bilan birinchi yirik YTH sodir bo`ldi. Mauntin-Vyu (Kaliforniya shtati, AQSh) chorrahasini kesib o`tayotganda “sun`iy intellekt” tizimi o`rnatilgan Lexus RX 450 krossoveri yuk mashinasi bilan to`qnashib ketdi. Hodisa oqibatida “robomobil”ning yo`lovchi o`tiradigan joyi tomoni ezildi.

“Aqlli” avtomobil svetoforning yashil chirog`ida harakatlanayotgan bo`lgan, yuk mashinasining haydovchisi esa qizil chiroqqa o`tib, qoidani buzgan. Avariya oqibatida hech kim jabrlanmadi.

The Next Web nashrining ta`kidlashcha, to`qnashuv vaqtida Google avtomobili mustaqil boshqarilayotgan bo`lgan, ammo odam-operator yaqinlashayotgan furgonni ko`rib, boshqaruvni o`z qo`liga olgan hamda keskin tormoz bosgan.

Bu “guglmobil”lar bilan sodir bo`lgan birinchi YTH bo`lmasada eng yirigi sanaladi. O`tgan yilning iyul oyida chorrahada huddi shunday YTHda “Gugl” va odamlar to`qnashuvi sodir bo`lgan. O`shanda “Aqlli avtomobil” ichida bo`lgan yo`lovchilar engil tan jarohati olishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram